Orqaga
Glossariyga qaytish

Hanbaliya

Hanbaliya (ot) — sunniylikdagi diniy, huquqiy mazhablardan biri. Ahmad ibn Hanbal asos solgan. Hanbaliya huquq tizimi oʻta torligi, har qanday koʻrinishdagi “yangilik”, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat normalariga rioya etishda qatʼiyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham bu mazhab keng tarqalmagan. X asrda Eronda, XII asrdan XV asrgacha Suriya va Falastinda hanbaliya izdoshlari koʻp boʻlgan. Undan keyingi asrlarda tarafdorlari kamayib ketgan. XVIII asrda paydo boʻlgan vahhobiylar hanbaliya tarafdorlari boʻlib chiqqan. Vahhobiylar Saudiya Arabistonida hokimiyatni qoʻlga olgach (XX asrning 20-yillarida), Hanbaliya qonunlarini amalga kiritgan. U yerda bu mazhabning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. Hanbaliya Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakatlarda kam uchraydi.