Orqaga
Glossariyga qaytish

Hanafiya

Hanafiya (ot) — sunniylikdagi huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa an-Noʻmon (VIII asr) asos solgan. Bu mazhab Iroqda vujudga kelib, islom tarqalgan barcha mamlakatlarda, jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng tarqalgan. Burhoniddin Margʻiloniyning “Hidoya” toʻplami bu mazhabning asosiy toʻplamlaridan biri sifatida tanilgan. Abulhasan Ali ibn Ismoil al-Ashʼariy (873–915) va Abu Mansur Muhammad ibn al-Moturidiylar ham ushbu mazhabning yirik vakillari boʻlgan. Hanafiya qonunlari nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy anʼanalarini eʼtiborga olgani sababli keng yoyilgan. Sunniylik yoʻnalishiga mansub boʻlgan musulmonlarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi bu mazhabga kiradi. U bir necha arab davlatlari, Afrikaning ayrim mamlakatlari, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Bangladesh, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Tatariston musulmonlari orasida keng tarqalgan.