Glossariyga qaytish
Hadis
Hadis (ot) — islom dini taʼlimoti boʻyicha Qurʼoni Karimdan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba, Muhammad paygʻambar (s.a.v) ning hayoti va faoliyati, shuningdek, uning diniy va axloqiy koʻrsatmalarini oʻz ichiga oladi. Paygʻambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib koʻrsatgan boʻlsa, yoxud boshqalarning oʻziga qilayotgan biror ishini koʻrib, uni man etmagan boʻlsa, shu holatning har biri sunnat hisoblanadi. Ana shu xatti-harakatlar yoki koʻrsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritiladi.