Orqaga
Glossariyga qaytish

General-gubernator

General-gubernator (ot) — Rossiya imperiyasida (1721–1917) mahalliy maʼmuriyatning oliy mansabi. U fuqarolik va harbiy hokimiyatga ega boʻlgan. Rossiyada 1775-yilda oʻtkazilgan guberniya islohotiga koʻra, Rossiya guberniya — oʻlka va viloyatlariga rahbarlik qilgan mansabdor shaxs. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston xonliklaridan bosib olingan hududlarda 1867-yil Turkiston general-gubernatorligi tashkil etiladi. K. P. Kaufman (1867–1881) uning birinchi general-gubernatori etib tayinlanadi.