Orqaga
Glossariyga qaytish

Gandimiyon Shartnomasi

Gandimiyon shartnomasi — Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi oʻrtasida 1873-yil 23-avgustda imzolangan shartnoma. Ushbu shartnomada “Anhazrat Xiva xoni Rossiya bilan sulh va doʻstlik shartnomasini imzolaydi hamda imperator oliy hazratlarining oliy homiyligida boʻladi”, deya taʼkidlangandi. Sulh boʻyicha Xiva xonligiga 2,2 mln rubl miqdorda tovon solinadi. Bu paytda xonning xazinasi deyarli boʻshab qolgan boʻlib, bu pul Xiva xalqidan yigʻib olinadigan boʻldi. Gandimiyon (Xiva yaqinidagi qishloq) shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi rus maʼmurlariga tamomila tobe boʻlgan kichik viloyatga aylantiriladi. Chunki xonlikka qarashli Turkmaniston yerlari, Chorjuy, Amudaryoning oʻng sohilidagi yerlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritilib, bu yerda Kaspiyorti viloyati tashkil etiladi.