Orqaga
Glossariyga qaytish

Fetishizm

Fetishizm (ot) — (fransuzcha ʻʻfeticheʼʼ — but, sanam, tumor) tabiatdagi jonsiz predmetlarga sigʻinish. Unga koʻra alohida buyumlar kishilarni oʻz maqsadiga erishtirish, maʼlum voqea-hodisalarni oʻzgartirish kuchiga ega deb hisoblangan. Fetish ham ijobiy ham salbiy taʼsir kuchiga ega deb qaralgan. Fetishizm yogʻoch, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo boʻlishi bilan bir paytda ibtidoiy jamoa tuzumining urugʻchilik bosqichida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar bu butlar va tumorlarda gʻayri tabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini koʻrgan. Fetishizm belgilari baʼzi bir hozirgi zamonaviy xalqlarning diniy rasm-rusmlari va eʼtiqod-anʼanalarida ham saqlanib qolgan.