Orqaga
Glossariyga qaytish

Fashizm

Fashizm (ot) (italyancha “fascicmo”, lotincha “fascis” bogʻlam, tutam, birlashma) — burjuaziyaning eng reaksion va agressiv kuchlari manfaatlarini ifodalovchi gʻoya. Oʻtgan asrning 20–30-yillarida Italiya va Germaniyada xalqqa yolgʻon vaʼdalar berib hokimiyat tepasiga kelgach, fashistlar zoʻravonlikning ashaddiy shakllarini qoʻllovchi va jamiyat ustidan yalpi nazorat oʻrnatuvchi terroristik diktatura barpo etdilar. Tashqi siyosatda hujumkor, agressiv bosqinchilik siyosatini yurgizdilar.