Orqaga
Glossariyga qaytish

Farsax

Farsax — Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda qadimdan ishlatilib kelingan masofa oʻlchov birligi. Bir farsax 9–12 ming qadamga yoki 6–8 km masofaga teng boʻlgan. FARGʻONA — Ustrushona viloyatining shimoli-sharqida. Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Hozirgi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlariga toʻgʻri keladi. Fargʻona dastlab tarixchi Gerodotning ʼʼTarixʼʼ asarida ʼʼparikaniylar yurtiʼʼ nomi ostida eslatiladi. Fargʻona soʻzi sugʻd manbalarida ʼʼFraganikʼʼ shaklida yozilib, ʼʼ togʻlar orasidagi vodiy, atrofi berk soylikʼʼ maʼnosini anglatadi. Xitoy manbalarida ʼʼDayuanʼʼ yaʼni ʼʼDavanʼʼ deb yuritilgan. Dayuan ham xitoy tilida ʼʼtogʻlar orasidagi vodiyʼʼ maʼnosini beradi. Fargʻona tarixiy hududida tashkil topgan ilk davlat birlashmasi Davan davlati boʻlib, u miloddan avvalgi III asrdan milodiy II asrlar oraligʻiga qadar mavjud boʻlgan.