Orqaga
Glossariyga qaytish

Farrosh

Farrosh (ot) — asl maʼnosi: gilam toʻshovchi. Hukmdor va feodal asilzodalar huzuridagi kichik saroy xizmatchisi hisoblangan. Uning zimmasiga mehmon kutish uchun zarur boʻlgan barcha anjomlarni hozirlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, vaqt oʻtishi bilan uning maʼnosi ham kengayib borgan. Jumladan, soʻnggi oʻrta asrlarda Buxoro amirligida amir oshxonasining boshligʻi, bosh pazanda maʼnosida qoʻllangan boʻlsa, Xiva xonligida saroy hovlilarini supuruvchi hamda Oʻrta Osiyodagi madrasa va masjidlarda supurib-sidirib turuvchi, gilam va toʻshaklarni toʻshovchi xizmatkor maʼnosida ham ishlatilgan.