Glossariyga qaytish
Fargʻona
Fargʻona (ot) — Ustrushona viloyatining shimoli-sharqida. Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Hozirgi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlariga toʻgʻri keladi. Fargʻona dastlab tarixchi Gerodotning “Tarix” asarida “parikaniylar yurti” nomi ostida eslatiladi. Fargʻona soʻzi sugʻd manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “togʻlar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik” maʼnosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayuan” yaʼni “Davan” deb yuritilgan. Dayuan ham xitoy tilida “togʻlar orasidagi vodiy” maʼnosini beradi. Fargʻona tarixiy hududida tashkil topgan ilk davlat birlashmasi Davan davlati boʻlib, u miloddan avvalgi III asrdan milodiy II asrlar oraligʻiga qadar mavjud boʻlgan.