Glossariyga qaytish
Evolyutsiya
Evolyutsiya (ot) — (lotincha ʻʻevalutioʼʼ — ochilish, yozilish, takomillashish) tadrijiy rivojlanish degan maʼnoni anglatadi. Tabiat, jamiyat va ruhiy-maʼnaviy rivojlanish konsepsiyalarini umumlashtirib ifoda etishga xizmat qiluvchi tushuncha. Evolyutsiya tushunchasi keng maʼnoda rivojlanish tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi.