Orqaga
Glossariyga qaytish

Etnografiya

Etnografiya (ot) (yunoncha ʻʻetnosʼʼ — xalq, ʻʻgraphoʼʼ — yozaman) — tarixning yordamchi fan sohasi boʻlib, xalqlarning urf-odatlari, xoʻjaligi va madaniyatini; xalqlar, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fan. Etnografiya fani asosiy eʼtiborni hozirgi xalqlarga qaratgan holda oʻtmishda mavjud boʻlgan barcha etnik birliklarni ilmiy oʻrganishni ham qamrab oladi.