Glossariyga qaytish
Etnik tarix
Etnik tarix — biron-bir xalqning etnik shakllanishi nihoyasiga yetganidan keyingi tarixi. Oʻzbek xalqining etnik tarixi XI–XII asrlardan boshlandi va u XIX asrning oxiri–XX asrning boshlarigacha davom etdi. XX asr boshlaridan oʻzbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda.