Orqaga
Glossariyga qaytish

Eshon

Eshon (ot) — ulugʻ avlodlar va soʻfiylik oqimidagi diniy rahnamolarning faxriy unvoni. Eshonlar musulmonlar jamoasining boshligʻi, murabbiysi, shuningdek, darveshlarning ham diniy ustozi hisoblangan. Oʻrta asrlarda soʻfiylik oqimi rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari oʻrniga “eshon”, baʼzan “pir” soʻzlari ishlatilgan.