Orqaga
Glossariyga qaytish

Elat

Elat (ot) — kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatning kelib chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos boʻlgan. Uni xalqning millat boʻlib shakllanishidan oldingi bosqichi deb ham atashadi. Til jihatdan bir yoki oʻzaro yaqin qabilalarning uyushuvi elat boʻlishning asosiy shaklidir. Bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida bir necha qabila aralashib, elat paydo boʻlgan. Masalan, fransuz elati german qabilalarining rimliklar bilan oʻzaro aralashuvidan shakllangan. Elat oʻz qiyofasini saqlab qolishi hamda ravnaq eta borib, xalq va millat darajasiga yetishi uchun ham oʻz davlatiga ega boʻlishi shart. Oʻz davlatisiz elat yoʻq. Boʻlsa-da, elat shaklida uzoq yashay olmaydi. Hukmron elat uni oʻziga “yutib” yuboradi. Etnografiya fanidagi qoidaga koʻra, oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi aholiga nisbatan “xalq”, koʻchmanchi chorvador aholiga nisbatan “elat” tushunchalari ham qoʻllanadi.