Glossariyga qaytish
Dorugʻa
Dorugʻa (ot) — 1) hokim. Moʻgʻul, temuriy va shayboniylar hukmronligi davrida dorugʻalar viloyat, shahar hokimi boʻlgan. Ularning zimmasiga viloyat va shaharni idora hamda mudofaa qilish, aholini roʻyxatga olish, ulardan soliq undirish vazifalari yuklatilgan; 2) soʻnggi oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo xonliklarida mirshablar boshligʻi.