Orqaga
Glossariyga qaytish

Deklaratsiya

Deklaratsiya (ot) (fransuzcha “deklaration” bayonot) — alohida siyosiy-yuridik hujjatlarning ularga tantanali xususiyat berish, ularning tegishli davlat taqdiri uchun katta ahamiyatini taʼkidlash maqsadiga ega boʻlgan nomi. Normativ-huquqiy hujjat boʻlmish deklaratsiyaning oʻziga xos jihati shundaki, ulardagi qoidalar umumiy va nomuayyan xususiyatga ega boʻlib, qoʻshimcha ravishda qonun bilan tartibga solishni talab etadi. Xalqaro huquqda esa deklaratsiya tomonlar bilan kelishilgan qoidalar va maqsadlarni ifodalovchi tantanali hujjat. Majburiy xususiyatga ega emas. Odatga aylanganligi sababli davlatlar uchun majburiy boʻlib qolgan 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bundan mustasno.