Orqaga
Glossariyga qaytish

Dehqon

Dehqon (ot) — ilk oʻrta asrlarda katta yer egasi, hukmron tabaqa. “Qishloq hokimi” degan maʼnoni anglatadi. Oʻrta asr Yevropasidagi feodallar tabaqasiga toʻgʻri keladi. XI–XII asrlarga kelib (qoraxoniylar davrida) dehqon atamasi ilgarigi nufuzli boy yer egasiga emas, balki oddiy qishloq xoʻjaligining erkin ziroatchi jamoasi aʼzolariga nisbatan qoʻllana boshlagan.