Glossariyga qaytish
De-Fakto
De-Fakto (sifat) (lotincha “de facto” — amalda mavjud boʻlish) — xalqaro huquqda yangi vujudga kelgan davlat yoki hukumatning jahon hamjamiyati va davlatlar tomonidan tan olinishi. Bu davlat va hukumat eʼtirofining rasmiy lekin tugallanmagan, toʻliq boʻlmagan tan olinishi. Bunday eʼtirof, odatda, vaqtincha xususiyatga ega boʻlib, de-yure — eʼtirof etishga oʻtish bosqichidir.