Glossariyga qaytish
Davlat tili
Davlat tili — Davlat aholisi koʻpchiligi yoki asosiy qismining ushbu davlatda Konstitutsiya asosida davlat tili sifatida belgilangan tili. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻzbek tili davlat tilidir. Davlat tili Oʻzbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlarida, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida, davlat muassasalarida asosiy til sifatida ishlatiladi. Davlat tilidan foydalanish va uni qoʻllash tartibi 1989-yil 21-oktyabrda qabul qilingan va 1995-yil 21-dekabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.