Orqaga
Glossariyga qaytish

Davlat gerbi

Davlat gerbi — davlatning rasmiy emblemasi boʻlgan farqlovchi belgisi. Bayroq, pul belgilari, muhrlar va baʼzi bir rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Davlat gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, Davlat gerbi Oliy Kengashning 1992-yil 2-iyul kuni boʻlgan Xsessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish bilan tasdiqlangan.