Orqaga
Glossariyga qaytish

Davlat chegarasi

Davlat chegarasi — davlat mustaqilligining zaruriy belgilaridan biri. Har qanday davlat oʻz hududiy chegarasigaegadir. Davlat hududining boshqa davlat hududi bilan tutash chizigʻi davlat chegarasi deb eʼtirof etiladi. OʻzbekistonRespublikasi besh mustaqil davlat: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Davlatimiz hududi chegaralarining umumiy uzunligi 6 221 kilometrni tashkil etadi. Jumladan, Afgʻoniston bilan chegara 137 km, Qozogʻiston bilan 2 203 km, Qirgʻiziston bilan 1 099 km, Tojikiston bilan 1 161 km, Turkmaniston bilan 1 621 km dan iborat. Konstitutsiyamizning 3-moddasida Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir deb qayd etilgan. Oʻzbekiston davlat chegarasini qoʻriqlash vazifasini Respublika chegara qoʻshinlari amalga oshiradi.