Orqaga
Glossariyga qaytish

Dahyak

Dhyak (ot) (forscha oʻndan bir) — 1) Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasa va uning mullavachchalariga (talabalariga) beriladigan qismi. Davlat yerlariga qoʻshib olingan yerlardan ham dahyak ajratilgan. Dahyak olishi uchun madrasa talabalari arab tili va shariat qoidalaridan imtihon topshirishi lozim boʻlgan; 2) Xivaxonligida soliq turi, ushr. Dahyak chigʻir bilan sugʻoriladigan yerlarda hosilning 1/10, ariq bilan sugʻoriladigan yerlarda 1/5 qismini tashkil qilgan.