Glossariyga qaytish
Dabir
Dabir (ot) — oʻrta asrlarda kotib, elchi, sarkotib maʼnolarida qoʻllangan. Mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. U din, tarix, adabiyotni puxta bilishi, ajoyib uslubda yozishi va voqeani chiroyli soʻzlar bilan ifodalab berishi kerak boʻlgan. Hukmdorning boshqa hukmdorlar bilan yozishmalari yuqori saviyada bitilishida dabirlarning roli va masʼuliyati katta boʻlgan. Ular dabiristonda taʼlim olgan.