Glossariyga qaytish
Choch
Choch (ot) — tarixiy-geografik hudud. Sirdaryoning oʻrta havzasi, hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozogʻiston yerlariga toʻgʻri keladi. Choch atamasi qadimgi yozma manbalarda miloddan avvalgi 1 ming yillikning 2-yarmidan boshlab uchraydi. Bu oʻlkada qadimdan “Avesto”da nomi keltirilgan turlar va qadimgi forsiy bitiklarda eslatiladigan koʻchmanchi saklar yashagan. Arablar mazkur hududni Shosh deb atagan.