Orqaga
Glossariyga qaytish

Chigʻatoy ulusi

Chigʻatoy ulusi — Chingizxon tomonidan 1224-yilda ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoy va uning avlodlariga meros qilib berilgan viloyatlar. Hududi Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistondan iborat boʻlgan. Koʻchmanchi tarzda hayot kechiruvchi moʻgʻullar oʻtroq aholini boshqarish uchun tajribaga ega emas edi. Shuning uchun ham Chigʻatoy ulusini boshqarish xorazmlik Mahmud Yalavoch (1225–1238) va uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238–1289) topshirilgan. Oʻzlari esa ulusdan keladigan daromadning asosiy qismini olish bilan qanoatlangan. Chigʻatoy ulusining hukmronligiga Amir Temur hokimiyatga kelgach barham berilgan. Chigʻatoy ulusi xonlari: Chigʻatoy (1224–1242), Xara Xulagu (1242–1247), Yesu Munke (1247–1252), Xara Xulagu (1252 ikkinchi marta), Orqina Xotun (1252–1261), Olgʻuyxon (1261–1266), Muborak (1266), Baroq (1266–1271), Nikpay (1271–1272), Tugʻa Temur (1272–1291), Duvaxon (1291–1306), Kunchek (1306–1308), Taliku (1308–1309), Kebekxon (1309), Esonbuqo (1309–1318), Kebekxon (1318–1326 ikkinchi marta), Duva Temur (1326), Tanashirin (1326–1334), Changshi (1334), Buzan (1334–1338), Yesun Temur (1338–1346), Donishmandcha (1346–1348), Boyonquli (1348–1359), Shoh Temur (1359), Tugʻluq Temur (1359–1370).