Orqaga
Glossariyga qaytish

Byurokratiya

Byurokratiya (ot) (fransuzcha “bureau” — kanselyariya, devonxona, yunoncha “kratos” — hukmronlik) — davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan hisoblashmasdan maʼmuriy buyruqbozlik yoʻli bilan boshqarish usuli. Byurokratik boshqaruvda xalqqa berilgan vaʼdalar faqat qogʻozda qolib ketib, u hech qachon amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qogʻozbozlik va toʻrachilik maʼmuriy boshqaruv tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-koʻrsatmalari amalda bajarilmagan boʻlsa ham qogʻozda bajarilgan qilib koʻrsatiladi. Qogʻozda aks ettirilgan koʻrsatkichlar va yutuqlar hayotga tatbiq etilmaydi. Sobiq Shoʻrolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, sotsialistik tuzumda byurokratizmga yoʻl qoʻyilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari surilgan boʻlsa-da, byurokratiyaning asl koʻrinishlari aynan shoʻrolar jamiyatida gullab-yashnadi.