Buxoro Xonligi
Buxoro xonligi (ot) — Temuriylar davlatining inqirozidan boshlab vatanimiz tarixida xonliklar davri boshlandi. Buxoroxonligi rasman 1510-yildan 1920-yilgacha mavjud boʻldi. Buxoro xonligida 3 ta sulola hukmronlik qildi. Bular: shayboniylar sulolasi (1510–1601), ashtarxoniylar sulolasi (1601–1753) va mangʻitlar sulolasi (1753–1920). Shayboniylar va ashtarxoniylar sulolasidan chiqqan hukmdorlar nasl-nasabi jihatidan Chingizxon (1151–1227) ning uzoq avlodlari hisoblanardi. Shuning uchun ham ular “xon” unvoni bilan yuritilgan. Ubaydullaxon davrida (1533–1539) Buxoro poytaxt qilib belgilanishi tufayli davlatning rasmiy nomi tarixiy adabiyotlarda Buxoro xonligi nomini oldi. Mangʻitlar sulolasi mahalliy qabilalardan chiqqan boʻlib, Chingizxonga qarindosh hisoblanmas edi. Shuning uchun ham sulola vakillari oʻzini xon emas, balki amir deb atadi. Davlatning rasmiy nomi ham Buxoro amirligi deb yuritildi. Oxirgi Buxoro amiri 1920-yilda taxtdan agʻdariladi.