Orqaga
Glossariyga qaytish

Burjuaziya

Burjuaziya (ot) (fransuzcha “bourgeoisie” — shaharlik) — oʻrta asrlarda shahar aholisi dastlab shunday atalgan. Odatda oʻrta asr Yevropasida shaharlar ilm-fan va madaniyat, savdo-sotiq va ishlab chiqarish markazi sifatida jamiyatning ziyoli, tadbirkor, savdogar va boy qatlamining shakllanishi uchun markaz vazifasini bajargan. Shu maʼnoda shahar boy-badavlat, ishbilarmon korchalonlar makoniga aylanib, ilgari barcha shahar aholisiga ishlatiladigan bu soʻz vaqt oʻtishi bilan faqat aholining badavlat qismiga nisbatan ishlatilgan. Burjuaziya atamasi asosan sovet davri adabiyotlarida koʻproq ishlatilib, ular taʼriflagan kapitalistik jamiyatda hukmron sinf — yirik savdo-sanoat, moliya va bank egalari hamda mehnatkash xalq mehnatidan foydalanuvchilar hukmron tabaqa sifatida qaralgan. Shoʻrolar davrida qatagʻon qilingan vatandoshlarimiz (ziyoli, yozuvchi, shoir, davlat va hukumat rahbarlari) ning aksariyati oʻsha paytda dushman sinf — burjua vakillari deb ayblanib, jismonan yoʻq qilingan.