Orqaga
Glossariyga qaytish

Bugʻrolar

Bugʻrolar (ot) — X–XI asrlarda Qoraxoniylar xoqonligining gʻarbiy qismi (Yettisuv, Koshgʻar va Janubiy Qozogʻiston) ni xoqon nomidan idora qilgan sulola hukmdorlarining laqabi. “Bugʻro” ikki oʻrkachli tuyadir. Bugʻro Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida muhim rol oʻynagan yagʻmo qabilalarining totemi hisoblangan. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon va uning nabirasi Xorun ibn Muso davrida Yettisuv va Koshgʻardagi koʻpchilik turkiy xalqlar islom dinini qabul qiladi. Xorun ibn Muso Somoniylar davlatida kuchayib ketgan feodal kurashdan foydalanib, 992-yilda Movarounnahrni egalladi.