Orqaga
Glossariyga qaytish

Buddaviylik

Buddaviylik (ot) — paydo boʻlishining tarixiy davriga koʻra, birinchi jahon dini hisoblanib, bundan 2 600 yil avval shimoli-sharqiy Hindistonda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddxartxa Gautamadir. Siddxartxa vafotidan soʻng Budda (nurlangan, oliy haqiqatga erishgan, haqiqat najotkori degan maʼnoni anglatadi) deb atalgan. Buddaviylik dinining nomi ana shundan olingan. Buddaviylik dinining muqaddas kitobi “Tripitaka” (Uch savat donolik) deb ataladi. Buddaviylik taʼlimotining asosini “toʻrt oliy haqiqat” tashkil etadi: 1) azob-uqubatlar mavjudligi; 2) azob-uqubatlarning sabablari borligi; 3) azob-uqubatlarning bartaraf boʻlishi; 4) azob-uqubatlardan qutulishning najot yoʻli majvudligi. Bu din eramiz boshlarida Oʻrta Osiyoga ham keng yoyila boshlaydi. Kushonlar saltanati (I–IV asrlar) va Eftaliylar davrida budda dini davlat dini darajasiga koʻtarilgan. Budda dini Oʻrta Osiyo orqali Sharqiy Turkiston, Moʻgʻuliston va Xitoyga yoyilgan.