Orqaga
Glossariyga qaytish

Bronza davri

Bronza davri (jez davri) — mehnat qurollari, asosan, mis bilan qalayning aralashmasi — bronzadan yasalgani uchun shunday nom berilgan. Miloddan avvalgi 3–2-ming yilliklarni oʻz ichiga oladi. Bronza davriga kelib hozirgi Oʻzbekiston hududlarida sunʼiy sugʻorishga asoslangan sugʻorma dehqonchilik madaniyati shakllandi. Bu davrga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Zamonbobo (Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida), Sarazm (Tojikistonning Panjikent viloyati), Sopollitepa, Jarqoʻton (Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida) va Tozabogʻyob, Qavat–3, Amirobod (Xorazm–Qoraqalpogʻiston) manzilgohlaridan topib oʻrganilgan.