Glossariyga qaytish
Botmon
Botmon (ot) — Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda qadimda va oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan ogʻirlik oʻlchov birligi. Turli davrlarda turli joylarda botmonning miqdori oʻzgarib turgan. Masalan, XIV–XV asrlarda u taxminan 20 kg vaznga teng boʻlgan. XIX asrda botmon Xivada 20,16 kg dan 40,95 kg gacha, Fargʻonada 131,44 kg dan 163,800 kg gacha, Toshkentda 171,99 kg ga teng boʻlgan. Botmon, shuningdek, Oʻrta Osiyoda yer oʻlchov birligi sifatida ham qoʻllangan. Bir botmon ogʻirlikdagi bugʻdoy sepilishi mumkin boʻlgan yer bir botmon hisoblangan. Bu taxminan bir gektarga teng boʻlgan.