Glossariyga qaytish
Biy
Biy (bek) (ot) — 1) koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turkiy xalqlarning, jumladan, oʻzbeklarning urugʻ oqsoqollariga berilgan unvon. Biylar XVIII–XIX asrlarda yirik oʻzbek qabilalariga boshchilik qilib, faqat markaziy hokimiyatga itoat etgan. Xonlar ular bilan murosa qilishga harakat qilib, turli unvonlar bergan va mansablarga tayinlagan. Biy unvoni avloddan avlodga meros boʻlib oʻtgan; 2) Oʻrta Osiyo xonliklarida muayyan tuman yoki shahar hokimi.