Glossariyga qaytish
Birinchi yirik mehnat taqsimoti
Birinchi yirik mehnat taqsimoti — dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi. Mezolit-neolit davridan boshlab insoniyat ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakliga oʻta boshlaydi. Eneolit va bronza davriga kelib mehnat qurollarining takomillashuvi va yerga ishlov berish usullarining mukammallashuvi natijasida ortiqcha mahsulot paydo boʻladi. Bu hol birinchi ijtimoiy mehnat taqsimotini yuzaga keltiradi.