Birinchi jahon urushi
Birinchi jahon urushi — dunyoning kapitalistik mamlakatlari oʻrtasida mustamlaka yerlarni qayta taqsimlash vayangi yerlarni bosib olish masalasida kelib chiqqan insoniyat tarixidagi birinchi qirgʻinbarot urush. Bu urush 4 yildan ortiq davom etib (1914-yil avgustdan 1918-yil noyabrgacha), unda oʻzaro dushman ikkita ittifoqchi kuchlar — Antantava Uchlar ittifoqiga kiruvchi davlatlar ishtirok etadi. Rossiya imperiyasi ham Antanta ittifoqining aʼzosi sifatida Sharqiy Yevropa va Bolqon yarimorolida oʻz pozitsiyasini mustahkamlab olish maqsadida urushga kirgan edi. Lekin urushning dastlabki kunlaridanoq Rossiyaning urushga tayyor emasligi ayon boʻlib qoldi va rus qoʻshinlari Sharqiy frontda nemis qoʻshinlari tomonidan qator magʻlubiyatga uchradi. Turkiston oʻlkasining moddiy va aholi resurslari ham Rossiya imperiyasining tarkibiy qismi sifatida jahon urushiga faol tortildi. Garchi Turkiston aholisi harbiy xizmatga safarbar etilmagan boʻlsa-da, ular front orti ishlari uchun mardikorlikka olinib, urush qiyinchiliklarini oʻz boshidan oʻtkazdi.