Orqaga
Glossariyga qaytish

Bir palatali parlament

Bir palatali parlament — palatalarga boʻlinishni istisno etuvchi umumxalq vakillik tashkiloti — parlament tuzilishi. Bunday parlamentlar “bir palatali” deb ham ataladi. Dunyodagi mamlakatlardan koʻpchiligi (60% ga yaqini) bir palatali parlament tizimiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1990–1994-yillarda) va Oliy Majlisi 1995–2004-yillar mobaynida bir palatali parlament shaklida faoliyat koʻrsatgan edi.