Glossariyga qaytish
Bilim olish huquqi
Bilim olish huquqi — fuqarolarning ijtimoiy huquqi. Davlat tomonidan taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb qayd etilgan. Shunga asosan 1997-yil 29-avgustda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun va qonunni hayotga tatbiq etish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham ishlab chiqilgan.