Glossariyga qaytish
Behistun bitiklari
Behistun bitiklari — shimoliy Eron, Kirmonshoh shahri yaqinida, togʻ oraligʻidan oʻtgan qadimgi savdo yoʻli yoqasidagi qoyaga ahamoniylar hukmdori Doro I (522–486) ning qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi. Unda qadimgi Sharq va Oʻrta Osiyoning qadimgi xalqlari (xorazmlik, baqtriyalik, margʻiyonalik va saklar) haqida maʼlumotlar keltirilgan.