Orqaga
Glossariyga qaytish

Barlos

Barlos (ot) — oʻrta asrlarda Dashti Qipchoqda koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan turkiy qabila. Barloslar XIII asrda Movarounnahr hududiga (asosan Qashqadaryo vohasiga) kelib joylashib, asta-sekin oʻtroq hayotga oʻtadi va mahalliy aholi bilan aralashib, bugungi oʻzbek xalqining tarkibiga singib ketadi. Amir Husrav Dehlaviy, Sohibqiron Amir Temur, buyuk olim va davlat arboblari Mirzo Ulugʻbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bedillar aynan barlos urugʻidan chiqqan. Sovet mafkurasi barloslarni moʻgʻul deb, ajdodlarimizni bizdan ajratib qoʻymoqchi boʻlgan. Amir Temur bejiz “Biz kim — mulki Turon, amiri Turkistonmiz, turkning bosh boʻgʻinimiz” deb xitob qilmagan.