Glossariyga qaytish
Baqtriya yozuvi
Baqtriya yozuvi — miloddan avvalgi IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududida oromiy yozuvi ishlatib kelingan. Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha boʻlgan. Miloddan avvalgi I–II asrlar chegarasida oromiy va qadimgi yunon alifbosiga asoslanib, Baqtriya yozuvi yaratiladi. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriya yozuvi namuna va soʻzlari yetib kelgan. Baqtriya yozuvi topilmalari asosan miloddan avvalgi I asr va milodiy I asrlarga taalluqlidir. Baqtriya tili va yozuvi uncha yaxshi oʻrganilmagan.