Orqaga
Glossariyga qaytish

Axborot erkinligi

Axborot erkinligi — fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri boʻlib, soʻz, matbuot va boshqa axborotni olish va qonuniy asosda olingan axborotlarni tarqatish huquqi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, asosan, ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning toʻgʻriligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi (67- modda).