Orqaga
Glossariyga qaytish

Avtoritar siyosiy rejim

Avtoritar Siyosiy Rejim (lotincha “autoritas” hokimiyat, nufuz, eʼtibor, obroʻ) — ommani shaxsiy va davlat hokimiyatiga soʻzsiz itoat qildirish. Davlat boshqaruvidagi avtoritarizm bir kishi (monarx, diktator, dohiy)ning mustabid hokimiyatiga asoslanadi. Odatda, avtoritar boshqaruv usuli demokratiya prinsiplariga zid hisoblanadi. Unda davlat rahbarining shaxsiy nufuzi, obroʻ-eʼtiboriga tayanib hokimiyat yuritiladi