Glossariyga qaytish
Avstralopitek
Avstralopitek (ot) (lotincha ʻʻaustralisʼʼ — janub, ʻʻpithekosʼʼ — maymun) bundan 3–2 million yil oldin yashagan odamning ilk ajdodlaridan biri boʻlib, uning qoldiqlari 1924-yilda Janubiy Afrikada topilgan. Olimlarning xulosasiga koʻra avstralopitek odamzodning hayvonlar (maymunlar) olamidan odamlar dunyosiga oʻtishdagi birinchi vakilidir.