Orqaga
Glossariyga qaytish

Avliyo

Avliyo (ot) (arabcha “valiy” soʻzining koʻpligi, xudoga yaqin odam) — islom dinida Allohga yaqin kishi, homiy, “bandalarning homiysi” maʼnolarini bildiradi. Avliyo xudoning alohida iltifotidan bahra olib, ilohiy qudratga ega boʻlgan, odamlarning hayotiga, turmushiga taʼsir koʻrsata oladigan kishi hisoblangan. Avliyolarning mozorlarini ziyorat qilish islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.