Ateizm
Ateizm (ot) (fransuzcha “theos” — xudo, yunoncha “a” inkor yuklamasi) — xudosizlik, xudoni inkor etish. Marksizm-leninizm gʻoyalariga koʻra xudoning, mavjudligini inkor etish. Sobiq shoʻrolar davrida kommunistik partiya tomonidan ommaviy ravishda targʻib qilingan taʼlimot. Maʼlumki, din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishini, hayotning mazmuni va maʼnosini, insonning yashashdan maqsadlari kabi savollarga javob beruvchi dunyoqarash shakli hisoblanadi. Shoʻrolar davrida dinga qarshi olib borilgan xuruj va hujum, tashviqot va targʻibot oxir-oqibatda, istibdodchilar kutgan natijani bermadi va din faqatgina qoloqlikning, savodsizlikning, fan yutuqlarini bilmaslikning natijasi deyish nihoyatda yuzaki fikr ekanligini, din inson tafakkuri, madaniyati, maʼnaviyati, ruhiyati, kundalik hayoti bilan juda murakkab bogʻlanganligini koʻrsatdi. Din har bir jamiyat, davlat va mamlakatning madaniy, maʼnaviy, ruhiy hayotida hamma vaqt maʼlum oʻrinni tutgan va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi.