Orqaga
Glossariyga qaytish

Assimilatsiya

Assimilyatsiya (ot) (lotincha “assimilatio” — oʻxshash, muvofiqlashish) — etnografiya va sotsiologiyada qabila, elat yoki xalqlarning bir-biriga qoʻshilib, aralashib ketishi. Bu jarayonda qorishib ketgan ikkita etnik qatlamdan biri oʻz tili, madaniyati yoki boshqa oʻziga xos etnik belgisini ikkinchisi foydasiga yoʻqotib yuboradi. Masalan, oʻzbek xalqining etnik asosini tashkil etgan vatanimiz hududidagi qadimgi sugʻdiy, baqtriyalik va xorazmliklar turkiy xalqlar bilan qorishib, vaqt oʻtishi bilan oʻz tili, yozuvi va madaniyatini ham unutib, turkiylashib ketgan.