Orqaga
Glossariyga qaytish

Ashʻariya

Ashʼariya (ot) — kalom ilmidagi oqimlardan biri. Asoschisi — Abulhasan Ali ibn Ismoil al-Ashʼariy (873–935). Bu taʼlimot Qurʼon aqidalariga suyangan holda jannat va doʻzaxni azaliy mavjud, insonda iroda erkinligi yoʻq, ammo oʻz qilmishlari uchun Alloh oldida javobgar, deb qaraydi. Al-Ashʼariy taʼlimoti bilan Moturidiy taʼlimoti oʻrtasida xuddi shofiʼiy va hanafiya mazhabidagi kabi keskin farqlar boʻlmagan, bularning har ikkisi ham hanafiya mazhabi uchun kurashgan allomalardir.