Glossariyga qaytish
Ark
Ark (ot) — qadim va oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo hududida shaharlarning hokimlar joylashgan ichki qismi, yaʼni oʻrda. Arkda asosan hukumat idoralari, amaldorlarning uyi, devonxona, tanga zarb qilinadigan zarbxonalar joylashgan. Odatda ichki shahar — ark ham qalin mudofaa devori bilan oʻrab olingan.