Glossariyga qaytish
Arbob
Arbob (ot) (arabcha xoʻjayin, ega soʻzining koʻpligi) — xonliklar davrida butun bir tumandagi sugʻorish ishlarini nazorat qilib turgan mansabdor shaxs. Miroblar va suv ishlari bilan mashgʻul boʻlgan boshqa amaldorlar arbobga boʻysungan. Togʻli tumanlarda saylab qoʻyilgan qishloq oqsoqollari ham arbob deyilgan. Sudlov, yasovulchilik ishlarini amalga oshirish, aholiga maʼmuriy yoʻl bilan taʼsir koʻrsatish arbobning qoʻlida boʻlgan. Arboblar yer sotish, meros taqsimlash paytida “inʼomlar” olib turgan.